Poytaxtimizda sinov tariqasida aholini ro’yxatga olishga qanday tayyorgarlik ko’rilyapti?

O‘zbekiston hududida dastlabki aholi ro‘yxati 1897 yilda o‘tkazilgan va o‘shanda aholi soni 3,9 million kishini tashkil qilgan. Ushbu ro‘yxatga olishda XIX asr oxirida mamlakatdagi oilalar, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish, o‘lim kabi demografik jarayonlarni qamrab olgan. Keyinchalik O‘zbekiston hududida 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkazilgan. Ammo mustaqillik yillarida respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkazilmagan.

Xalqaro talablardan kelib chiqqan holda mamlakatda aholi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish uchun Davlatimiz rahbari va Hukumatning tegishli hujjatlariga asosan 2023 yilda mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkaziladi. Mazkur jarayonga tayyorgarlik sifatida joriy yil noyabr oyida Xo‘jaobod tumani (Andijon viloyati), Yuqorichirchiq tumani (Toshkent viloyati), Xiva shahri (Xorazm viloyati) va Yashnobod tumani (Toshkent shahri)da sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkaziladi.

Bugungi kunda Yashnobod tumanida 2021-yilda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish ishlariga keng ko‘lamda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Mazkur tumanda yanvar oyida 58 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining sxematik xaritalari o‘rganilib chiqildi.

2021-yil 1-martga qadar aholi punktlarining sxematik rejalarini texnik shartlar asosida tayyorlanishi tuman kadastr bo‘limi bilan hamkorlikda yakuniga yetkazildi, shuningdek, aholi punktlarida yashovchi aholi soni ko‘rsatilgan holda uylar va xonadonlarning to‘liq ro‘yxati tuzib chiqildi.

Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlarini yuqori darajada o‘tkazilishi uchun unga tayyorgarlik ko‘rish, ma’lumotlarni qayta ishlash va hujjatlarni saqlash uchun Yashnobod tuman hokimligi tomonidan vaqtinchalik binolar ajratildi.

Shuni alohida aytish joizki, aholini ro‘yxatga olish tadbiri uchun Yashnobod tumanida 38 nafar uchastka raisi va rais o‘rinbosarlari, 188 nafar instruktor va statsionar hamda 472 nafar ro‘yxatga oluvchi xodimlar hududiy komissiya a’zolari tomonidan tanlab olindi. Bugungi kunda tanlab olingan xodimlar bilan fuqarolik tusidagi mehnat shartnomasi tuzish ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari tanlab olingan 698 nafar xodimlar joriy yilning oktabr oyida o‘qitish uchun Davlat statistika qo‘mitasining 24-avgustdagi 33-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2021-yilda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun vaqtincha jalb etiladigan xodimlarni o‘qitish bo’yicha tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘qitiladi.

Bugungi kunda uchastka raisi va o‘rinbosarlarini o‘qitish jarayonlari olib borilmoqda.