Yashobod tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvda markaz xodimlari O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi.
Shuningdek, mamlakatimizda vijdon erkinligi huquqini kafolatlash uchun to‘laqonli huquqiy tizim yaratilganligi, har kimning vijdon erkinligiga bo‘lgan huquqi, dinga bo‘lgan munosabatidan tashqari fuqarolar tengligi haqida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumotlar berildi.