YASHNOBOD TUMАNI DАVLАT SOLIQ INSPEKTSIYASI BOSHLIG‘INING YIL BOSHIDAN BUYON “SOLIQCHI-KO‘MAKCHI” TAMOYILI ASOSIDA TUMANIMIZDAGI 134 TA KORXONANING 156 TA MUAMMOLARI O‘RGANILDI

Yurtboshimiz joriy yilning 16-mart kuni Davlat soliq qoʼmitasiga tashrifi chogʼida sohani takomillashtirish, xususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq toʼlovchilarga xizmat koʼrsatish sifati va koʼlamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi – koʼmakchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini oʼrganish va soliq qonunchiligidagi oʼzgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi.

Mazkur topshiriqlarning ijrosini taʼminlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi oʼzgarish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida 2023 yil 28-29 mart kunlari Davlat soliq qoʼmitasi rahbariyati boshchiligida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʼtkazildi.

Yashnobod tuman davlat soliq inspektsiyasi tomonidan 2023 yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ayrim maʼlumotlarga eʼtiboringizni qaratsak. Davlat soliq inspektsiyasi mutaxassislari tomonidan tumanda jami 7 marotaba tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar oʼtkazildi. Uchrashuvlarda qariyb 142 nafar tadbirkorlik subʼektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan oʼzgartish va qoʼshimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Аyni paytda Yashnobod tumanida 3519 taga yaqin faol tadbirkorlik subʼektlari mavjud. Yil boshidan “Soliqchi-koʼmakchi” tamoyili asosida tumanimizdagi oʼrganilgan 251 ta korxonaning 149 ta muammolari aniqlanib, mazkur muammolarning barchasi bevosita soliq xodimlari koʼmagida hal etildi.

Yashnobod tuman davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subʼektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 198 ta korxonadagi 229 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi.

Аytish kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, soliq munosabatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida soliq maʼmuriyatchiligi tubdan isloh qilinmoqda.

Joriy yildan boshlab soliq to‘lovchilarga jami daromadi 500 mln. soʻmdan oshmaganda yiliga 20 mln. soʻmlik, jami daromad 500 mln. soʻmdan oshganda esa yiliga 30 mln. soʻmlik qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni tanlash huquqi berildi.

Shuni taʼkidlash joizki, mazkur tartib boʻyicha soliq toʻlash ixtiyoriy hisoblanadi. Ushbu tartibni tanlash tadbirkorlik sub’ektlari uchun quyidagi yengilliklarni yaratib beradi:

-buxgalter yollash shart boʻlmaydi (bunda buxgalterga toʻlanadigan ish haqi xarajatlari qisqaradi), -shuningdek tovarlar hisobini yuritish talab etilmaydi;

soliq organlariga moliyaviy hisobotlar va aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish majburiyati yuzaga kelmaydi;

-bank hisobvaragʻidan dividend tarzida yechib olinadigan mablagʻlar soliqqa tortilmaydi.

-Aylanmadan olinadigan soliqni qatʼiy belgilangan summada toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari mavjud.

Jumladan, aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi kalendar yilning istalgan oyidan ushbu tartibga oʻtishga haqli.

Bunda, aylanmadan olinadigan soliqni umumiy tartibda toʻlashga navbatdagi soliq davridan boshlab qaytilishi belgilanganligi ko`rsatib o`tildi. Mazkur tartibda belgilangan  qulayliklardan kelib chiqib jami 1 085 ta tadbirkorlik subektalari o`tdi.

Joriy yilda “Soliq hamkor” dasturi orqali tuman hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subʼektlari bilan bogʼliq soliq huquqbuzarliklari toʼgʼrisida jami 544 ta murojaat kelib tushgan boʼlib, murojaatlar yuzasidan 137 ta sayyor soliq tekshiruvlari oʼtkazildi.

Murojaat qilgan 661 nafar fuqarolarning bank plastik kartochkasiga 821,2 mln.so‘m pul mablag‘lari belgilangan tartibda o‘tkazib berildi. Bulardan tashqari 152 nafar fuqarolarga 382,1 mln. so‘mlik moddiy yordamlar ajratildi.

Hurmatli tadbirkorlar! Yashnobod tumani Davlat soliq inspektsiyasi xodimlari “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida Sizlarga yaqindan yordam berishga doimo tayyordirlar. Bizga murojaat qiling barcha savollaringizga javob berishga va bilmaganlaringizni o‘rgatishga astoyidil ko‘maklashamiz.

Ulug‘bek Xatamov, Yashnobod tumani Davlat soliq inspektsiyasi boshlig‘i.