G‘olib jamoalar tantanali tarzda taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida Yashnobod tumani IIB FMB boshlig‘i O.A. Qayumxo‘jayev, hokim o‘rinbosari A. Xasanov, hamda tuman Yoshlar ishlari bo‘limi v.v.b A. Shakirov ishtirok etishdi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra:
«Amir Temur» MFY — 22-30 yosh toifasida o‘g‘il-qizlar jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
«Donishmand» MFY — 16-21 yosh toifasida o‘g‘il-qizlar jamoalari birinchi o‘rinni egalladi.
Tadbir yakunida Yashnobod tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan yoshlarga mo‘ljallangan konsert dasturi ham namoyish etildi.
Yashnobod tuman hokimligi jamoasi barcha ishtirokchilarga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaydi!
