Joriy yilning 4-fevral kuni Yashnobod tumanida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazi hududida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Yashnobod tuman hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, shuningdek, mahallalarga biriktirilgan tijorat banklari hamkorligida o‘tkazildi.
Yarmarkada tumanda faoliyat yuritayotgan 22 ta yirik korxona va tashkilot o‘zlarining 450 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda hunarmandlar va tijorat banklari ham qatnashdi.
Tadbir yakunlariga ko‘ra:
18 nafar fuqaro kasb-hunarga yo‘naltirildi;
11 nafar fuqaro korxonalarda ishga joylashish uchun anketa to‘ldirdi;
9 nafar fuqaro ishga joylashish maqsadida korxonalarga yo‘naltirildi;
17 nafar fuqaro kasbga o‘qitish kurslariga yuborildi;
2 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 20 million so‘mlik imtiyozli kredit olish uchun arizalar qabul qilindi;
“Sayxunobod” tajribasi doirasida 2 ta mikroloyiha ishga tushirildi.
Shu bilan birga, yarmarkada probatsiya nazorati ostidagi 25 nafar shaxs ham ishtirok etdi. Natijada, ularning 25 nafari ishga joylashish, 1 nafari esa kasbga o‘qitish kurslariga yo‘llanma oldi.
Mazkur turdagi tadbirlar aholining bandligini ta’minlash, doimiy va barqaror daromad manbalarini yaratishga xizmat qiladi.
