Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumani Tuzel mavzesida savdo obyektlari peshlavhalari olib tashlangani yuzasidan xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan ma’lum qilinadiki, hududda tashqi reklama vositalari va peshlavhalarni joylashtirish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida tartibga solinadi.
Xususan, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining tashqi reklama obyektlarini joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi qarorlariga muvofiq, peshlavhalar belgilangan me’yor va talablarga javob berishi lozim.
Shunga ko‘ra, o‘rnatilgan tartib va me’yorlarga mos kelmagan reklama vositalari vakolatli tashkilotlar tomonidan qonun doirasida tartibga keltirilgan.
Mazkur jarayon hududni tartibga solish va shaharsozlik talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan.
