Yashnobod tumanida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi

 

Mazkur yig‘ilishda Adliya vaziri A. Tashkulov hamda Yashnobod tumani hokimi B. Rahmankulov, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

 

Yig‘ilish davomida tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi. Soha faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
 

Xususan, profilaktika ishlarini samarali tashkil etish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish hamda nazorat tizimlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 

Yig‘ilish yakunida mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berilib, belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan shaxsiy javobgarlik kuchaytirilishi ta’kidlandi.
 
 

 

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.