Tashkent Land telegram kanalida Yashnobod tumani 212-maktab panjarasiga bir necha yillik daraxt ag‘darilib tushgani yuzasidan murojaat e’lon qilingan edi.
Mazkur holat bo‘yicha mas’ul xizmatlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi va aniqlangan kamchilik o‘sha kunning o‘zida bartaraf etildi.
Hozirda hudud xavfsiz va tartibli holatga keltirilgan.
