Davlat boshqaruvining samaradorligini oshirish — ustuvor vazifa

Yashnobod tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-martdagi PF–49-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat boshqaruvi tizimida aniqlik, samaradorlik va natijadorlikka erishish masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishga tuman hokimi B. Raxmankulov raislik qildi.

Majlisda mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatida KPI — eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimini to‘liq joriy etish hamda amaliy natijalarga erishish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Shuningdek, KPI ko‘rsatkichlari ijrosini ta’minlashda hokimning birinchi o‘rinbosari L. Temirov, hokimlik apparati rahbari G. Alimbayeva, tashkiliy kadrlar guruhi rahbari F. Usmanov hamda tahliliy-nazorat guruhi rahbari O‘. Ulashev shaxsan mas’ul etib belgilandi.

✅ Ularning zimmasiga KPI ko‘rsatkichlariga o‘z vaqtida va samarali erishishni ta’minlash, ish rejalarini muntazam tasdiqlab borish hamda natijadorlik ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish vazifalari yuklatildi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.