Ijtimoiy tarmoqlarda Mashinasozlar va Do‘stlik metro bekatlari oralig‘idagi “Elbek” ko‘chasining ichki yo‘l qismida yuzaga kelgan nosozliklar uzoq vaqt davomida bartaraf etilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tuman hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Yuzaga kelgan muammo tegishli xizmatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, amaldagi tartibda bartaraf etildi.
Yo‘l qismi to‘liq tiklanib, fuqarolar harakatlanishi uchun qulay sharoitlar yaratildi.