Mamnuniyat bilan Tashabbusli budjet jarayonining joriy yilgi 2-mavsumi 17-iyuldan (soat 10:00 dan) boshlab o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

Hurmatli Yashnobod tuman fuqarolar!

Mamnuniyat bilan Tashabbusli budjet jarayonining joriy yilgi 2-mavsumi 17-iyuldan (soat 10:00 dan) boshlab o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

Bunga ko‘ra,
1️⃣  bosqich – fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish jarayonlari 17.07.2023 – 06.08.2023 davomida;
2️⃣  bosqich – loyihalarni maxsus komissiya tomonidan saralab olish jarayonlari 06.08.2023 – 26.08.2023 davomida;
3️⃣   bosqich – loyihalarga ovoz berish jarayonlari 26.08.2023 – 15.09.2023 davomida o‘tkaziladi.

🔆Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda (mazkur mablag‘lar mavsum yakuniga qadar ortib boradi).

🟣Jarayonda ishtirok etish shartlari bilan quyidagi video orqali tanishishingiz yoki o‘zingizni qiziqtirgan savollarga ushbu havola https://admin.openbudget.uz/media/post_attachments/Буклет_OpenBudget_22_uz.pdf  orqali javob olishingiz mumkin.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!