Toshkent xalqaro Vestminster universiteti yonidagi avtobuslar bekati hududida katta chuqur mavjud ekani yuzasidan kelib tushgan murojaat atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mazkur holat yo‘l qoplamasining shikastlanishi oqibatida yuzaga kelgani aniqlandi. Ushbu muammo yuzasidan tegishli kommunal va yo‘l xizmati tashkilotlari jalb qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida muammo murojaat kelib tushgan kunning o‘zidayoq bartaraf etildi hamda hududda harakat xavfsizligi to‘liq ta’minlandi.
Bu kabi holatlar yuzasidan aholidan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy nazoratga olinadi va o‘z vaqtida hal etilishi ta’minlanadi.
