Yashnobod tumani, “Bog‘bon” mahallasida joylashgan 341-maktabga olib boruvchi yo‘l yomg‘irdan so‘ng suvga to‘lib ketgani yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Mazkur holat zudlik bilan o‘rganilib, yog‘ingarchilik oqibatida suv oqimi yo‘lning past qismida to‘planib qolgani aniqlandi. Muammoni bartaraf etish maqsadida tegishli kommunal xizmatlar jalb qilinib, suv chiqarish va yo‘lni tartibga keltirish ishlari olib borildi.
Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida mazkur muammo murojaat kelib tushgan kunning o‘zidayoq to‘liq bartaraf etildi hamda o‘quvchilar va aholi uchun xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratildi.
Hududlarda aniqlanayotgan bu kabi kamchiliklar doimiy nazoratga olinib, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
