Rasmiy munosabat

Yashnobod tumani, Aviasozlar ko‘chasidagi asfalt qoplamasi nosoz holatga kelib qolgani bois yo‘l abgor ahvolga kelgani yuzasidan murojaat kelib tushgan.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda tuman hududi bo‘ylab yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida asfaltlash ishlari reja asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Mazkur ko‘cha ham tasdiqlangan reja-jadval asosida ketma-ketlikda asfalt qilinishi belgilangan.

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.