Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumani “Tashisti” mahallasidagi yo‘lning ta’mirtalab holatga kelgani yuzasidan murojaat e’lon qilingan edi.
Mazkur holat bo‘yicha ma’lum qilinadiki, tumanda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash doirasida ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Xususan, ushbu hududdagi yo‘llar ham belgilangan reja asosida navbatma-navbat ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan.
