“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus”ko’rik tanlovida ishtirok eting!
🟢 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-214-IV-son Qaroriga asosan Yashnobod tumanida “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” Respublika koʼrik-tanlovining 2024-yilgi tuman bosqichi 30-31 avgust kunlari o’tkaziladi.
🟢Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo’yicha o’tkaziladi:
✅ “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat organi”
✅ “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat notijorat tashkiloti”
✅ “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik subyekti”
✅ “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro”
🟢 Ishtirokchilar taqdim etilgan arizalariga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
🟢 Ishtirokchilar toʼgʼrisidagi umumiy maʼlumot;
🟢 Ijtimoiy tashabbus doirasida olib borilgan faoliyatiga oid materiallar (maʼlumotlar, hisobotlar, bayonnomalar, dasturlar, loyihalar, albomlar, 15×20 sm oʼlchamdagi fotosuratlar );
🟢 Ijtimoiy tashabbusni amaliyotga tadbiq etish boʼyicha amalga oshirilgan ishlarni aks ettiruvchi 5 daqiqadan oshmagan videorolik (sifati yuqori, HD formatida);
🟢 Ommaviy axborot vositalarida ijtimoiy tashabbusni yoritishga oid chop etilgan maqolalar, televideniye yoki radiodagi chiqishlarni asoslovchi hujjatlar;
🟢 Ishtirokchilar tanlovga doir boshqa qoʼshimcha materiallar ham taqdim etishlari mumkin.
🟢 Hujjatlar joriy yilning 20-avgustiga qadar qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish istagida bo’lsangiz, shoshiling!
🟢 Qo’shimcha ma’lumot uchun telefon raqamlari: +998946210208;