«Farovonlikka erishgan eng namunali oila» tanlovining shahar bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-sonli “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Farovonlikka erishgan eng namunali oila” tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovda Yashnobod tumanidagi «Tashisti» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi tadbirkor Davidov Shadiyor munosib ishtirok etib, faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.

G‘olib oila Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar Yashnobod tuman bo‘linmasi tomonidan esdalik sovg‘alari va diplom bilan taqdirlandi.

Mazkur tanlov oilalarda ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikni ta’minlash, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va bir-biriga hurmat ruhini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.