Yashnobod tumani «Mohinur» mahallasida mahalla raisi saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov jarayonida nomzodlar o‘z dasturlari bilan chiqish qilib, yig‘ilganlarga rejalarini taqdim etdilar.
Aholi tomonidan bildirilgan yuksak ishonch asosida Alimov Yaxyoxo‘ja Xolxo‘jayevich 5 yil muddatga mahalla raisi etib saylandi.
