Yashnobod tumanida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

 

Yashnobod tumanida joylashgan “Ashxobod” sayilgohida aholi uchun madaniy hordiq bag‘ishlovchi bayramona dastur tashkil etildi.

Tadbirda, avvalo, Yashnobod tumani madaniyat bo‘limi tasarrufidagi “Sharq yulduzlari” namunali bolalar ashula va raqs ansambli tomonidan qo‘shiq, raqs hamda ko‘ngilochar parodiya chiqishlari namoyish etildi.

Shuningdek, Ashxobod bolalar teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan chiqishlar tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.

Madaniy dasturda san’atkorlar Majidova Marg‘uba, Baliqulov Ravshan va Muhammadiyev Rustam ishtirok etib, tadbirga yanada bayramona ruh bag‘ishladi.