Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumani Parkent ko‘chasida joylashgan ko‘prikning asfalt qoplamasi nosoz holatga kelgani yuzasidan murojaat e’lon qilingan edi.
Mazkur holat bo‘yicha ma’lum qilinadiki, tumanda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash doirasida ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Xususan, ushbu hududdagi ko‘prik qoplamasi ham belgilangan reja asosida navbatma-navbat ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan.
