5–7 noyabr kunlari Central Asian University’da 10–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida O‘rta Osiyo mamlakatlari yoshlarini birlashtirgan Maktab Sport Cup by CAU 2025 musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Unda 50 dan ortiq jamoalar sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha bellashdilar.
Yashnobod tumani 282-maktabining qizlar voleybol jamoasi musobaqaning eng muvaffaqiyatli jamoalaridan biri bo‘lib, 1-o‘rinni egalladi va faxrli g‘alabaga erishdi.
Shuningdek, voleybol (o‘g‘il bolalar) yo‘nalishida ham Yashnobod tumani omadli ishtirok etdi. 3-o‘rin yana 282-maktab jamoasiga nasib etdi.
G‘olib jamoalar qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
