Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumani hududida ayrim fuqarolarga kompensatsiya to‘lovlari to‘liq amalga oshirilmagani yuzasidan tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Mazkur holat bo‘yicha mas’ul tashkilot va mutasaddilarga tegishli tartibda xabar yetkazildi hamda masala nazoratga olindi.
Hozirda murojaatda ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Qo‘shimcha ma’lumotlar o‘rganish yakunlariga ko‘ra taqdim etiladi.
