Tashkent Land telegram kanalida Yashnobod tumani Munisa ko‘chasida, “Matonat” metro bekati yaqinida joylashgan piyodalar o‘tish joyi noqulay tarzda joylashtirilgani yuzasidan murojaat e’lon qilingan edi.
Mazkur holat bo‘yicha mas’ul xizmatlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, piyodalar o‘tish joyi qulay va xavfsiz holatga keltirildi.
