RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Rohat aylana yo‘lida joylashgan, Shohsanam ko‘chasidan Yakkatol ko‘chasi tomon o‘tuvchi yerosti piyodalar o‘tish yo‘lagida yoritish vositalari bir necha kundan beri ishlamayotgani haqida murojaat qoldirilgan edi.

Mazkur murojaat tuman hokimligi tomonidan tezkorlik bilan o‘rganib chiqildi va muammo shu kunning o‘zida tegishli xizmatlar jalb etilgan holda to‘liq bartaraf etildi. Hozirda yerosti o‘tish yo‘lagida yoritish tizimi qayta tiklanib, fuqarolar uchun xavfsiz harakat ta’minlandi.