Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 

Yashnobod tumani hokimligida Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining navbatdagi — 23-sessiyasi o‘tkazildi.

Sessiyada tuman Kengashi deputatlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Kun tartibiga aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga oid muhim masalalar kiritilib, ular yuzasidan keng muhokamalar olib borildi.

Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:

Yashnobod tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan 2025-yil uchinchi chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan 2025-yil uchinchi chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
Yashnobod tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan xarajatlarga mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.