Yashnobod tumanida Sardorlar forumi bo‘lib o‘tdi

 

Yashnobod tumanida yoshlar yetakchiligini rivojlantirishga qaratilgan Sardorlar forumi tashkil etildi. Tadbir Yashnobod tumani 244-maktab binosida bo‘lib o‘tdi hamda sardorlarning jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash, do‘stona va hamkorlik muhitini shakllantirish, sardorlik mas’uliyatini oshirish hamda ularning shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

Forum doirasida sardorlik, jamoani boshqarish, motivatsiya, rejalashtirish va intizom mavzularida seminar-treninglar o‘tkazildi. Tadbirda Yashnobod tumani hokim o‘rinbosari Asqarjon Xasanov, “Karyera markazi” rahbari Nuriddin Ubaydullayev, O‘zbekiston Bolalar tashkiloti Boshqaruv Kengashi raisi Xasanboy Nabiyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Yoshlar parlamenti raisi Otabek Sobitov hamda Yashnobod tumani Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i Davronbek Meliqo‘ziyev ishtirok etdi.

Ishtirokchilarga nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy tavsiyalar berildi, sardorlarning taklif va tashabbuslari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida forum sardorlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, tashabbuskorlik va mas’uliyatni oshirishga xizmat qilgani ta’kidlandi.