Yashnobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 373, 454 va 371-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolajonlar uchun «Yangi yil» bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar davomida Qorbobo va Qorqiz bolajonlarga quvonch ulashib, ular bilan birgalikda qo‘shiqlar kuylab, raqsga tushishmoqda. Bolalar yangi yilga bag‘ishlangan she’r va qo‘shiqlari bilan barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Bayramga bezatilgan archa atrofida o‘yinlar tashkil etilib, bolalarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Yangi yil tadbirlari kichkintoylarga quvonch va unutilmas lahzalar ulashmoqda.
Yashnobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi barcha bolalarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabriklaydi!