Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining uchinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo’lib o‘tdi.

Unda Yashnobod tuman  saylov komissiyasi raisi Miravzal Irxanovning joriy yil 27-oktyabrda bo‘lib
o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.


Tadbirda xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, Kengashning reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda Toshkent shahar hokimi tomonidan Yashnobod tumani hokimi lavozimiga Baxtiyor Raxmankulov nomzodi ko‘rsatilganligi bildirildi.

Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining qarori bilan Baxtiyor Tuganbayevich Raxmankulov Yashnobod tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Cостоялась первая сессия Яшнабадского районного Кенгаша народных депутатов третьего созыва.

На ней была заслушана информация председателя Яшнабадской районной избирательной комиссии Миравзала Ирханова об итогах выборов, состоявшихся 27 октября текущего года.

На сессии были зарегистрированы партийные группы депутатов, избранных в Яшнабадский районной Кенгаш народных депутатов, утверждены регламент Кенгаша и Положение о постоянных комиссиях.

Решением Яшнабадского районного Кенгаша народных депутатов Рахманкулов Бахтиёр Туганбаевич утвержден на должнось хокима Яшнабадского района.