Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi

Mehr-muruvvat, insoniylik va ezgulik – xalqimizga xos oliyjanob fazilatlardir.

Yashnobod tumani hokimi B. Raxmankulov tashabbusi bilan, Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tumandagi «Humo» restoranida bayram tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbir nogironligi boʻlgan fuqarolarimiz, xususan, yosh bolajonlarimizga alohida eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish maqsadida oʻtkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar uchun koʻtarinki ruhdagi konsert dasturi, shoʻx kuy-qoʻshiqlar va raqslar namoyish etildi.

Ushbu bayram tadbiri barcha ishtirokchilarning qalbida nur va koʻtarinki kayfiyat bagʻishlab, tuman hokimligining aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini doimiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan eʼtiborining yana bir amaliy ifodasi boʻldi.