YASHNOBOD TUMАNI DАVLАT SOLIQ INSPEKTSIYASI BOSHLIGʼINING HISOBOTI VА TАDBIRKORLАRGА MUROJААTI
Yurtboshimiz joriy yilning 16-mart kuni Davlat soliq qoʼmitasiga tashrifi chogʼida sohani takomillashtirish, xususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq toʼlovchilarga xizmat koʼrsatish sifati va koʼlamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi – koʼmakchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini oʼrganish va soliq qonunchiligidagi oʼzgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi.
Mazkur topshiriqlarning ijrosini taʼminlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi oʼzgarish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida 28-29 mart kunlari Davlat soliq qoʼmitasi rahbariyati boshchiligida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʼtkazildi.
Yashnobod tuman davlat soliq inspektsiyasi tomonidan 2022 yilning 2-choragi davomida amalga oshirilgan ayrim maʼlumotlarga eʼtiboringizni qaratsak. Davlat soliq inspektsiyasi mutaxassislari tomonidan tumanda jami 13 marotaba tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar oʼtkazildi. Uchrashuvlarda qariyb 472 nafar tadbirkorlik subʼektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan oʼzgartish va qoʼshimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Аyni paytda tumanida 4 541 taga yaqin tadbirkorlik subʼektlari faoliyat koʼrsatadi. Yil boshidan “Soliqchi-koʼmakchi” tamoyili asosida tumanimizdagi 610 ta korxonaning 529 ta muammolari oʼrganilib, mazkur muammolarning 426 tadan ortigʼi bevosita soliq xodimlari koʼmagida hal etildi.
Yashnobod tuman davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subʼektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 704 ta korxonadagi 3 452 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi.
Аytish kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, soliq munosabatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida soliq maʼmuriyatchiligi tubdan isloh qilinmoqda.
Xususan, 2020 yilda yangi tahrirdagi Oʼzbekiston Respublikasi Soliq kodeksini qabul qilindi. Soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Mol-mulk soligʼi esa 2 foizdan 1,5 foizga tushdi. Аylanmadan olinadigan soligʼi stavkasi oʼtgan yilgi foizda saqlab qolindi. Natijada, Yashnobodlik tadbirkorlarning ham islohotlarga ishonchi ortib, soliq tushumlari tumanda
1,5 baravar koʼpaygan boʼlsa, aylanmadan olinadigan soligʼi toʼlovchilar soni 3 610 dan
3 958 taga yetdi.
Joriy yil davomida “Soliq hamkor” dasturi orqali tuman hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subʼektlari bilan bogʼliq soliq huquqbuzarliklari toʼgʼrisida jami
3077 ta murojaat kelib tushgan boʼlib, murojaatlar yuzasidan 844 ta sayyor soliq tekshiruvlari oʼtkazildi.
Murojaat qilgan 442 nafar fuqarolarning bank plastik kartochkasiga 479,1 mln.soʼm pul mablagʼlari belgilangan tartibda oʼtkazib berildi. Bulardan tashqari 26 nafar fuqarolarga
171,2 mln. soʼmlik moddiy yordamlar ajratildi.
Hurmatli tadbirkorlar! Yashnobod tumani Davlat soliq inspektsiyasi xodimlari “Soliqchi – koʼmakchi” tamoyili asosida Sizlarga yaqindan yordam berishga doimo tayyordirlar. Bizga murojaat qiling barcha savollaringizga javob berishga va bilmaganlaringizni oʼrgatishga astoyidil koʼmaklashamiz.
Ulug’bek Xatamov, Yashnobod tumani Davlat soliq inspektsiyasi boshligʼi.