Xizmat safari bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo’lib turgan Toshkent shahar delegatsiyasi a’zolari tarkibida Yashnobod tumani hokimining Investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo’yicha o’rinbosari O‘ktam Xoliyorov tumanga investitsiyalar jalb qilish, yangicha texnologiyalarni joriy qilish, yangi ish o’rinlarini yaratish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining bir necha provinsiyalarida yirik korxonalar rahbarlari bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Xususan, Xitoyning Hangzhou shahrida joylashgan «Hangzhou Century Electronic Technology Co., Ltd» va “Landa Energy Co. Ltd” kompaniyalarining ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishildi. Elektrotexnika, quyosh panellari hamda transformator ishlab chiqarish sohasida O’zbekistonda faoliyat olib borayotgan mazkur korxonaning faoliyatini yanada kengaytirish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Uchrashuv yakunida mazkur yo’nalishdagi loyihalar bo’yicha kelishuv shartnomalari imzolandi.