Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumani “Tuzel-1” mahallasidagi 10- va 11-uylar oralig‘idagi yashil hudud buzilib, ichki yo‘l qurilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tuman hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Holat bo‘yicha mas’ul rahbarlarga zudlik bilan tegishli ko‘rsatmalar berilgan. Ayni paytda ushbu hududda “Obod mahalla” dasturi doirasida rejalashtirilgan obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ishlar belgilangan tartibda va amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq tarzda amalga oshirilmoqda.
Yashnobod tuman hokimligi fuqarolarni holat yuzasidan asossiz xulosa chiqarmaslikka chaqiradi va barcha ishlar jamoatchilik ishtirokida ochiq hamda oshkora olib borilishini ta’minlashga tayyorligini bildiradi.