Yashnobod tumanida sektor rahbarlari faoliyatini baholash tizimi bo‘yicha seminar trening tashkil etildi

Yashnobod tumanida sektor rahbarlari faoliyatini baholash tizimi bo‘yicha seminar trening tashkil etildi

⚡️ Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali tashabbusi bilan tuman hokimligining majlislar zalida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida sektor rahbarlari faoliyatini baholash mexanizmi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

📌 Mazkur seminar-treningda sektor rahbarlari faoliyatini baholash bo‘yicha joriy qilingan mexanizm, jumladan mahalalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash to‘g‘risida taqdimot shaklida batafsil tushuntirildi.

⚡️ Seminarda sektor kotiblari, mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari ishtirok etdilar.

📍Seminar davomida ishtirokchilarning taklif va fikrlari tinglandi.

Yashnobod tuman hokimligi Matbuot xizmati