Xalqaro fan olimpiada g’oliblari taqdirlandi

Kuni kecha nufuzli xalqaro fan olimpiadalarning g‘oliblari hamda ularning o‘qituvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Dunyoda tan olingan matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika xalqaro nufuzli fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 10 nafar o‘quvchi va ularning o‘qituvchilari bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin (oltin medal) uchun – o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravar (122,5 mln. so‘m), o‘qituvchiga – 450 baravar (110,25 mln. so‘m);

2-o‘rin (kumush medal) uchun – o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravar (73,5 mln. so‘m), o‘qituvchiga – 250 baravar (61,25 mln. so‘m);

3-o‘rin (bronza medal) uchun – o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravar (49 mln. so‘m), o‘qituvchiga –150 baravarida (36,75 mln. so‘m).